Dildora Niyozova - Muhabbat bormikin (Qo’shiq matni, so’zi)

Muhabbat bormikin go`yo?
O`tgan kunlarda qolib ketdimi?
Bormikin oh, o`sha muhabbat,
Bevafo qalblardan kechdimi? (x2)

Muhabbat o`lmagay mangu,
Yashaydi inson qalbida.
Borligin his etolsalar bas,
Yashaydi ko`zlar sehrida. (x2)

Ishq go`yo bir munis, beg`ubor,
Termular zor, sadoqat kutib.
Yig`laydi gohida bo`lib qon,
Bevafo yor jafosin yutib. (x2)

Muhabbat o`lmagay mangu,
Yashaydi inson qalbida.
Borligin his etolsalar bas,
Yashaydi ko`zlar sehrida. (x3)

« Предыдущая Следующая »